Jamiyat
Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan 1 tonna 933 kg. 695 gr. giyohvandlik vositalari yoʻq qilindi, deya xabar berdi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.
Maxsus pechda — 133 kg. 713,5 gr. geroin, 159 kg. 478 gr. opiy, 1 tonnadan oshiq gashish, 300 kg. 786 gr. marixuana, 79 kg. 842,5 gr. koʻknor, 247 kg. 150,4 gr. kannabis hamda turli xildagi psixtrop va psixofaol moddalar yoqib yuborildi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonda 2021-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 7142 ta jinoyat fosh etilgan. 2020-yilda bu koʻrsatkich 6032 tani tashkil qilgan.
2021-yilda respublikada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishida 1 tonna 864,4 kg. miqdordagi narkotik moddalar musodara qilingan. Oʻtgan yili giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarning 131 nafari chet el fuqarolari boʻlganligi aytildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida aniqlangan 186 ta holatda 558,4 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib oʻtilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qoʻyilgan.
Yoʻq qilingan narkotik moddalarning 530 kg dan ortigʻi bojxonachilar tomonidan tezkor tadbirlarda ushlab qolingan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q