Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga koʻra, 2023-yildan boshlab jurnalistlar oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffoflik bilan oʻtkazishga eʼtibor qaratiladi, shuningdek, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari:
bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;
birinchi oʻrin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;
ikkinchi oʻrin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari;
uchinchi oʻrin uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari;
12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Sport
Jamiyat
Jamiyat
110159
Jamiyat
94335
Jamiyat
90215
Jamiyat
73594
Jamiyat
//
Izoh yo‘q