Jamiyat
Fargʻona viloyati Beshariq tumanida folbin ayolning uyidan 4,5 million soʻmlik tillasi va 50 ming soʻm pulini olib ketdi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Beshariq tumani M.N. ismli ayol IIB ga murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning yashash xonadoniga kelib, unga tez kunda nabirali boʻlishini aytgan. Shundan soʻng folbinlik amallarini qilib, ishonchiga kirib, uning umumiy narxi 4 500 000 soʻmlik tillo taqinchoqlari va 50 000 soʻm pulini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida yashovchi S.Ch. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q