Madaniyat
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan “Shota Rustaveli” haykali olinayotgani haqida xabar eʼlon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qildi.
“Shota Rustaveli” Monumental sanʼat yodgorligi XX asrga oid boʻlib, Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Xabaringiz bor hozirda ushbu koʻcha obodonlashtirilmoqda. Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan loyihaga ruxsat berilgan. Unga asosan haykalni asli saqlangan holda, salobatini yoʻqotmaslik maqsadida 50 sm balandroq koʻtarish uchun vaqtinchalikka olinmoqda.
Shu oʻrinda shahrimiz aholisi hamda blogerlarga yurtimizdagi madaniy meros obyektlarini himoya qilishga befarq boʻlmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va mazkur yoʻnalishdagi tashabbuslari qoʻllab- quvvatlashga tayyormiz», deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q