Jamiyat
Ushbu haftada anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet matbuot xizmati.
Oʻzbekistonga 25-iyundan boshlab Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishni boshladi.
1-iyungacha iqlimiy qiymatlardan 5−7 darajaga yuqori boʻlgan havo harorati bilan kechalari +23…+26 daraja, kunduz kunlari +39…+42 daraja issiq boʻladi. Oʻzbekiston janubida va choʻl hududlarida bu +43…+45 darajagacha yetadi.
Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Mamlakat hududining katta qismida harorat +37…+40 daraja atrofida boʻladi, janubiy hududlarda +43…+45 daraja atrofida boʻlgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.
Mamlakatning ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, Oʻzgidromet 27-iyun kuni ayrim togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinliini maʼlum qildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q