Siyosat
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari Farhod Mahmudov olamdan oʻtgani xabar berildi.
Maʼlumot uchun: Farhod Mahmudov 1995-yildan buyon Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, “Oʻzbekiston 24” telekanali bosh direktori sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2018−2019-yillarda OAV, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati boʻyicha prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.
Shuningdek, 2020-yildan bugunga qadar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Farhod Mahmudov 2008-yil “Mehnat shuhrati” ordeni, 2018-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
"Oyina.uz" tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111589
Jamiyat
94636
Jamiyat
90622
Jamiyat
75090
Jamiyat
//
Izoh yo‘q