Jamiyat
Toshkent aeroportida yuk aravalari yetishmasligi yuzaga keldi. Bu aeroportni yuk aravalari bilan taʼminlaydigan Abadiya Trade kompaniyasi tomonidan shartnomani bir tomonlama bekor qilinishi bilan bogʻliq, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Kompaniya maʼlumotiga koʻra, Uzbekistan Airports Handling kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti uchun yangi yuk aravalar xarid qilish orqali muammoni hal qilish choralarini koʻrmoqda.
“Yaqin kunlarda aeroportga 1000 ta yangi yuk aravalari yetkazib berilishi kutilmoqda. Unga qadar aeroport xodimlari yoʻlovchilarga, ayniqsa ayollar va yoshi katta yoʻlovchilarga ogʻir yuklarni tashishda yordam berishadi”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
109875
Jamiyat
94213
Jamiyat
90045
Jamiyat
73244
Jamiyat
//
Izoh yo‘q