Fargʻonada kaltaklangan 3 yoshli qiz ishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berildi

Saqlash
19:33 / 27.06.2022 805 0

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida defektolog mutaxassisning uyida 3 yoshli qiz kaltaklangani haqida xabar tarqalgandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 17-iyun kuni viloyat IIB 102 qisqa raqamiga Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi E.M (ayol) murojaat qilib, shaharning Oʻrdatagi koʻchasida joylashgan bolalar bogʻchasida tarbiyachi uning farzandini urib, tan jarohati yetkazganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

 

Mazkur holat yuzasidan olib borilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yuqoridagi holat maktabgacha taʼlim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning yashash uyida sodir boʻlgani maʼlum boʻldi.

 

Koʻrsatilgan manzildagi xonadonda A.Gʻ (ayol) kasbi defektolog boʻlgan opasi D.A ga yordamchi sifatida qarashib turishini, 17-iyun kuni bolalardan biri, voyaga yetmagan A.A (suratdagi bola) koʻp yigʻlab yuboroganligi sababli asabiylashib, uni yuziga qoʻli bilan urib yuborganligini bildirgan.

 

Oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida voyaga yetmagan A.A ga koʻp davom etmaydigan yengil tan jarohati yetkazilgani koʻrsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Gʻ ga nisbatan Qoʻqon shahar IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 25-iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudiga yuborilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//