Toshkentda bedarak yoʻqolgan 3 kishi qidirilmoqda

Saqlash
01:50 / 25.06.2022 851 0

Poytaxt Toshkentda bedarak yoʻqolgan ikki erkak va bir ayol kishi qidirilmoqda. Bu haqida IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 1989-yilda tugʻilgan Fotima Qudratovna Irisqulova, joriy yilning 18-aprel kuni Sergeli tumani, Moxichehra koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

 

Belgilari: boʻyi 165-170 sm, sochlari uzun qora, gavdasi oʻrtacha. Kiyimlari: oq gulli koʻylak, oq shim, qizil rangli shippak va qizil roʻmol.

 

Shuningdek, 1985-yilda tugʻilgan Artemevskiy Yevgeniy Viktorovich, joriy yilning 2-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

 

Belgilari: boʻyi 175-180 sm, ozgʻindan kelgan, koʻzlari kulrang, tizzalarining tepa qismida chandiqlari (shram) mavjud. Kiyimlari: havo rangli futbolka, jinsi shim.

 

Shu bilan birga, 1986-yilda tugʻilgan Bobomurodov Azamat, joriy yilning 19-iyun kuni ish joyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

 

Belgilari: boʻyi 180 sm, koʻzlari jigarrang, sochlari kalta qora. Kiyimlari: toʻq koʻk rangli shorti, qora rangli futbolka va krossovka.

 

“Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari toʻgʻrisida maʼlumot boʻlsa, eng yaqin ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//