Siyosat
“Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-yanvargacha pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM bakalavriatida oʻqiyotgan talabalar uchun ularning taʼlim yoʻnalishlariga turdosh boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshimcha pedagogik tayyorlov dasturlari ishlab chiqiladi.
Dasturlar boʻyicha oʻqishga OTM bakalavriatining soʻnggi ikki bosqichda oʻqiyotgan talabalar qabul qilinadi.
Dasturlarni oʻzlashtirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy taʼlim tashkilotida oʻqishni bitirganidan soʻng qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan sertifikatda koʻrsatilgan mutaxassislik boʻyicha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.
2023/2024 oʻquv yilidan pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMning qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy OTMda oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakt qiymatini qoplab berish tartibi joriy etiladi.
2023-yildan pedagogika sohasi boʻyicha nufuzli xorijiy OTMda bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari hisobidan har yili tasdiqlangan umumiy qabul kvotalari doirasida pedagog kadrlar uchun kamida 35 ta alohida kvota ajratiladi.
Qaror bilan pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM huzurida tashkil etiladigan akademik litseylar (8 ta) roʻyxati tasdiqlandi.
2023/2024 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM huzuridagi akademik litseylarga qabul ikki bosqichli saralab olish tizimi – dastlabki yozma imtihon hamda test sinovlari asosida tashkil etiladi.
2022/2023 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagog kasbiga layoqatli 10–11-sinf oʻquvchilarini maxsus ishlab chiqilgan variativ oʻquv rejalari asosida oʻqitish choralari koʻriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q