Talabalar loyihalariga 100 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratiladi

Saqlash
01:07 / 25.06.2022 854 0

Talabalarning OTM hududida amalga oshiriladigan loyihalarini moliyalashtirishga 100 mlrd. soʻm imtiyozli kredit resurslari ajratiladi. Bu haqida prezidentning tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.

 

Hujjatga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlariga oʻqigan davridagi faolligini koʻrsatuvchi — ijtimoiy faollik elektron ilovasini berish amaliyoti joriy etiladi.

 

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab:

 

- talabalar tomonidan qoʻshimcha pullik taʼlim, konsalting va xizmat koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati hamda talabalar mehnat faoliyatini tashkil etish uchun OTM bino va inshootlari shuningdek, sport inshootlari, madaniyat saroylarini dars mashgʻulotlardan tashqari paytlarda va talabalar turar joylarining boʻsh turgan hududlarini “nol” qiymatda ijaraga berish;

 

- talabalarning oʻqish davomida oʻz yoʻnalishi va mutaxassisliklariga mos soha va tarmoqlarda mehnat faoliyati olib borganligini hisoblash tartibi joriy etiladi.

 

Shuningdek, “Sport faoliyati”, “Jismoniy madaniyat” bakalavr taʼlim yoʻnalishlarida tahsil oluvchi ikkinchi kursdan yuqori talabalarni Talaba-sport klublariga ishga rasmiylashtirish hamda oliy taʼlim muassasalari sport inshootlarida sport toʻgaraklari ochish imkoniyati yaratiladi.

 

Taʼkidlanishicha, OTMlardagi Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimlari negizida keng tarmoqli “Karyera markazlari” tashkil etish koʻzda tutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 256
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 58
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 93
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//