Siyosat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan — “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.
Qayd etilganidek, qonun loyihasida aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohkoʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) Oʻzbekiston va jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish mexanizmlarini tartibga solish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, loyiha bilan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlashda mazkur geografik obyekt joylashgan hududda yashovchi mahalliy aholining fikri hisobga olinishi belgilanmoqda.
Majlisda qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalari bildirilib, birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q