“Yangi Oʻzbekiston” universitetida qabul jarayonlari muddati uzaytirildi

Saqlash
03:24 / 24.06.2022 979 0

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda qabul jarayonlari muddati uzaytirildi.

 

Unga koʻra, hujjatlar qabuli shu yilning 30-iyun kuniga qadar davom etadi.

 

Abituriyentlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

 

Pasport yoki ID karta elektron nusxasi;

 

Umumiy oʻrta taʼlimni bitirganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan boʻlsa, oʻrta taʼlim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida maʼlumotnoma);

 

IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yoʻnalishi uchun 6.0) yoki TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yoʻnalishi uchun 60) va undan yuqori ballni koʻrsatuvchi original sertifikatining elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi);

 

Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 rasm.

 

Arizalar joriy yilning 30-iyunga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 57
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 99
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 89
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 30
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112100
75626

//