Jamiyat
Qonunchilikka koʻra, har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
– boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga BHMning 2 baravari (600 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
– mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
– mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma beriladi.
Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar beriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q