Jamiyat
Andijon viloyatidagi “Doʻstlik” chegara bojxona posti xodimlari 113 ming dollarning noqonuniy olib chiqish uchun sodir etilgan nayrangni fosh qildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Doʻstlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yoʻlagi orqali Qirgʻizistonga oʻtib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro Z.Y. bojxonachilar ogʻzaki soʻrovida valyuta boyliklari yoʻqligini maʼlum qilgan. Shundan soʻns, ushbu shaxsga tegishli boʻlgan siyohrang polietilen paket xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, nonlar orasiga qora rangli polietilen paketga oʻrab qoʻyilgan 73,8 ming dollari borligi maʼlum boʻlgan.
Shundan soʻng fuqaro Z.Y. xolislar ishtirokida bojxona shaxsiy koʻrigidan oʻtkazilganida, uning yonidan kiyimlari orasida yashirilgan yana 40 ming dollari mavjud ekanligi aniqlangan.
Natijada, deklaratsiyada koʻrsatilmagan va bojxonachilar ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan jami 113,8 ming dollarini respublika hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilishi oldi olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q