
Jamiyat
Yangi Zelandiyalik Patrik Suddabi va Tayson Adams Oʻzbekistonda sakkiz hafta davomida bugʻdoy va arpa oʻrib, uyda ishlab topganidan ikki baravar koʻp daromad oldi. Bu haqida daryo.uz “rural life«ga tayanib xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, ular shu vaqtga qadar Shotlandiya va Avstraliyada, shuningdek, Yangi Zelandiyada ishlagan. Adams va Suddabi shtab-kvartirasi Singapurda joylashgan va 5 000 kishini ish bilan taʼminlaydigan Indorama Agro kompaniyasida ishlaydi. Kompaniya Oʻzbekiston hukumatidan 50 ming gektar yerni ijaraga olgan. Shundan 25 ming gektariga arpa va bugʻdoy, qolgan qismiga paxta ekilgan. Adams va Suddabidan tashqari bu yerda irlandlar, britaniyaliklar va hindistonliklar ham bor.
“Oʻzbekiston xorijliklarni ish bilan taʼminlay boshladi, chunki hosilning 25 foizga yaqini mahalliy kombayn haydovchilari tomonidan oʻgʻirlanayotgan ekan”, deydi Patrik.
Kunlar issiq boʻlishiga qaramay, ishchilar sharoitlari juda yaxshi ekanligini aytishgan. Ularga har kuni uch marta issiq ovqat yetkazib beriladi. Ayni vaqtda Patrik Suddabi va Tayson Adams kichikroq uyda yashamoqda. Adamsning shaxsiy xavfsizligi uchun alohida qoʻriqchi ajratilgan. Ertalab ularni dalaga haydovchi olib boradi va ish kuni tugaguncha kutib turadi.
“Bu yerda aholi negadir hech qayerga shoshmaydi. Agar texnika buzilib qoladigan boʻlsa ular ancha payt buni muhokama qiladi. Undan koʻra tuzatishga harakat qilish mumkin”, deydi Suddabi.
Shuningdek, ular bu yerdagi aholi bir nechta chorva mollarini boqish uchun kichik loy kulbalarda yashashini aytgan. Yangi Zelandiya qishloqlarida ahvol juda ham yaxshi. “Bu yerdagi vaziyat bizni koʻp narsalarni qadrlashga oʻrgatyapti”, degan ular.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q