Sirdaryoda yoʻllarni taʼmirlashda 1,5 mlrd soʻm talon-toroj qilingani aniqlandi

Saqlash
20:41 / 23.06.2022 1090 0

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi yoʻllarni taʼmirlashda byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu DXX, Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlarda maʼlum boʻldi.

 

Xususan, 2020−2021-yillarda Boyovut tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yoʻllari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yoʻllarda amalga oshirilgan qayta taʼmirlash ishlari nazorat oʻlchovidan oʻtkazilgan.

 

Natijada mazkur korxona mansabdor shaxslari hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali jami 1 mlrd. 525 mln soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari maʼlum boʻldi.

 

Hozirda Boyovut tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167- (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) va 209- (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 178
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

11:34 / 20.07.2026 0 96
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112684
76456

//