Ilm-fan
Maʼlumki, 20-iyundan 2022/2023-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.
Viloyatlarda poytaxtga qaraganda kirish ballari pastroq boʻladi, degan gaplar qanchalik asosli? Ushbu savolga Davlat test markazi boshqarma boshligʻi Javlon Nurmatov hamda bosh mutaxassis Jamshidbek Odilovlar javob berishdi.
Qayd etilishicha, bunday gaplar haqiqatdan yiroq. Bu abituriyentlarning koʻlamiga bogʻliq.
“Deylik, poytaxtda oliy oʻquv yurtlarining koʻpligi boshqa viloyatlarda kamligi bilan izohlanishi mumkin. Ayrim holatlarda ijtimoiy sohada ham, huquq sohasida ham talab koʻp boʻladigan universitetlar bor. Misol uchun, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga boshqa davlat universitetlariga qaraganda abituriyentlar koʻp topshiradi. Shundan kelib chiqqan holda bu fikrga kelgan boʻlishlari mumkin. Aslida bunday emas, oliy oʻquv yurtiga topshirayotgan talabgorlarning koʻlamiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda, ballar keskin farq qilmaydi”, deydi mutaxassis.
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q