Jamiyat
Surxondaryo viloyatida byudjet mablagʻlarining talon-toroj qilinishi, suiisteʼmolchilik va korrupsiya holatlariga barham berish hamda mansabdor shaxslarning masʼuliyatini yanada oshirishga qaratilgan yigʻilishda 8 nafar davlat xizmatchisi DXX tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqida OʻzA xabar qildi.
Qayd etilishicha, DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan byudjet va kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan 1 nafar sobiq bank xodimi va 7 nafar turli tashkilot xodimlari ehtiyot chorasi sifatida majlis jarayonida qamoqqa olingan.
May oyida “Surxondaryodonmahsulotlari” AJga qarashli “Alpomish” un tegirmoni sobiq rahbari D.A. va ombor mudiri F.A. qiymati 12 milliard 87 million soʻm boʻlgan 2 ming 884 tonna don mahsulotini talon-toroj qilgani aniqlangan. Tergov harakatlari davomida D.A. oʻzi tomonidan talon-toroj qilingan 616 tonna don mahsuloti uchun yetkazilgan zararni, yaʼni 2 milliard 607 million soʻmni toʻliq qoplagani uchun unga nisbatan qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasi garovga oʻzgartirilgan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida “Muzrabot don qabul qilish shoxobchasi” sobiq mudiri O.I. “Alpomish” un tegirmoni sobiq rahbari Y.O.lar katta miqdordagi don mahsulotlarini talon-toroj qilgan. Ularga nisbatan ham qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Bundan tashqari, un tegirmoni sobiq rahbari Y.O.ning qiymati 4 milliard 886 million soʻmlik 1 ming 166 tonna don mahsuloti talon-toroj qilingani aniqlangan. Tergov jarayonida sobiq rahbarga tegishli boʻlgan qiymati 5 milliard 400 million soʻmlik koʻchmas mulk obyektlari xatlovga olingan. Shu sababli unga nisbatan qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasi ham garovga oʻzgartirildi.
Shuningdek, ombor mudiri F.A. hamda tegirmon katta tahlilchisi X.J. tomonidan jinoiy yoʻl bilan topilgan 2 ta Gentra yengil avtomashinasi ham tegishli tartibda xatlangan.
Yana bir holatda 2021-yilda Shoʻrchi tumanidagi Shurchi Indenim Klaster MCHJ tasarrufidagi 1376 gektar paxta maydoniga tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan. Amalda texnologiya 142,7 gektar maydonda barpo etilib, pudratchi Agro new drip MCHJ tomonidan ishlar toʻliq yakuniga yetkazilmagan. Hisobotlarda esa ishlarning toʻliq bajarilgani koʻrsatilgan. Bu esa katta miqdordagi subsidiya mablagʻlarining ajratilishiga sabab boʻlgan.
Oʻrganishlar davomida “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi T.A. va ushbu boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan ayrim masʼul shaxslar davlat byudjetidan subsidiya mablagʻlari ajratilishi haqidagi imkoniyatdan qasddan foydalanib, yuqoridagi 142,7 gektar maydondan tashqari, qoʻshimcha 993 gektarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgani haqida soxta hujjatlar tuzgan.
Oqibatda Shurchi Indenim Klaster MCHJga 6 milliard 747 million 640 ming soʻm miqdoridagi subsidiya mablagʻlari asossiz ajratilgan va iqtisodiyotga katta miqdorda zarar keltirilgan. Holat yuzasidan T.A.ga gumonlanuvchi sifatida qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Hozirda esa Shurchi Indenim Klaster MCHJ masʼul shaxslari tomonidan keltirilgan 6 milliard 747 million 640 ming soʻmlik zararning davlat foydasiga undirilishi taʼminlangan. Shu munosabat bilan unga nisbatan qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasi garovga oʻzgartirilgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q