Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi koʻp qavatli uylarga oʻrnatilgan yangi liftlarda sodir boʻlayotgan tartibsizlik videolarini eʼlon qilib, ularni buzgʻunchilikdan boshqacha izohlab boʻlmasligini taʼkidladi. Shuningdek, zararni qoplash uchun kimdan qancha undirilishi maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, liftda oʻrnatilgan kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Sergeli, Chilonzor, Shayxontohur, Bektemir, Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi koʻp qavatli xonadonlardan olingan.
Hokimlik maʼlumotiga koʻra, 2016-2021-yillarda Toshkentdagi koʻp qavatli uylarga 206,8 milliard soʻmlik 1200 dan ortiq yangi liftlar oʻrnatilgan. 2022-yilda 130,2 milliard soʻm hisobiga yana 548 ta yangi lift oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
“Bitta lift qurilmasining devor panellari – 4,2 million soʻm, lift ichidagi tugmali panel – 3 million soʻm, liftning eshik mexanizmi esa – 3,6 million soʻm turadi. Bu qurilmalarning bir qismi xolos. Har bir yangi liftda oʻrnatilgan kuzatuv kameralar orqali qoidabuzarlarning shaxsi aniqlanadi va unga nisbatan tegishli choralar koʻriladi”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi bayonotida.
Hokimlik agar huquqbuzar 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa, jarima majburiy tartibda ota-onasiga yuklatilishini bildirdi.
Bundan tashqari, tartibbuzarlik qilgan shaxslar jarima toʻlashdan tashqari, liftlarga yetkazilgan zararni ham qoplab berishi haqida ogohlantirildi. Xususan:
Lift ichidagi tugmali panelni buzganlar – 3 million soʻm + jarima;
Lift eshigini buzganlar – 1,4 million soʻm + jarima;
Lift chaqiruv tugmasini buzganlar – 960 ming soʻm + jarima summasini toʻlashlari kerak boʻladi.
Toshkent shahar hokimligi hammani liftlardan samarali va tartibli foydalanishga chaqirib, kuzatuv kameralari yozuvlari alohida nazoratga olinganini taʼkidladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q