Jamiyat
20-iyun kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi tomonidan pora olish bilan bogʻliq jinoyatlar tahlili boʻyicha maʼlumot berilgan edi.
Unda, pora olish jinoyatlari boʻyicha $2,3 mln va 113,7 mln soʻm pora olingan boʻlib, 62 ta holatda AQSH dollarida, 29 ta holatda soʻmda olingan.
Eng koʻp pora miqdori $2 mln, eng kam pora miqdori $50 boʻlgan boʻlsa, oʻrtacha pora miqdori $37 819 dan iborat boʻlgani qayd etilgan. Ammo, agentlik mazkur xabardagi maʼlumotlarni taqdim etishda texnik xatolikka yoʻl qoʻyilganligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, aslida pora olish jinoyatlari boʻyicha $500 ming va 113,7 mln soʻm pora olingan boʻlib, 62 ta holatda (oʻrtacha $8065) AQSH dollarida, 29 ta holatda (oʻrtacha 3,92 mln soʻm) soʻmda olingan.
Eng koʻp pora miqdori $200 mingni, eng kam pora miqdori $50 ni tashkil etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q