Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov talaba qizga 1 milliard soʻm stipendiya sertifikatini bergan surat tarqaldi. “Daryo”ning bu haqidagi soʻroviga javob bergan hokimlik axborot xizmati bu pullar 300 nafar talabaga atalganini bildirdi.
“Viloyatda oʻtkazilgan yoshlar forumida talaba qiz Aziza Qosimova iqtidorli talabalar vakili sifatida sahnaga chiqib, viloyat rahbaridan 1 milliard soʻmlik hokim stipendiyasi sertifikatini qabul qilib olgan. Aslida bu pullar 300 nafar iqtidorli talabaga ikki bosqichli tanlov asosida beriladi”, deydi Toʻra Bobolovning matbuot kotibi Murodbek Davlatov.
Aniqlik kiritilishicha, 2022—2023-oʻquv yilida sakkiz oylik oʻquv jarayonlarida ikki bosqichli tanlov asosida 300 nafar talaba saralab olinadi. Sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr oylari uchun 150 nafar talaba, mart, aprel, may hamda iyun oylari uchun 150 nafar talabaga shu 1 milliard soʻm hisobidan stipendiyalar beriladi.
“Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan, asossiz, surishtirilmagan axborotlarni tarqatib, jamoatchilik orasida turlicha talqin qilmaslikni soʻrab qolamiz. Kimga toʻgʻri va aniq axborot kerak boʻlsa, viloyat hokimligi axborot xizmatiga murojaat qilishsa, biz har doim tezkor ravishda javob berishga tayyormiz”, deydi Murodbek Davlatov.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q