Jamiyat
Bugun, 20-iyun kuni yuqori siklon taʼsiri hisobiga Oʻzbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy hududlari boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga koʻra, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 23-28 darajani tashkil etadi, bu ushbu kun iqlimiy meʼyoridan 4-6 darajaga pastdir.
21-22-iyunda siklon taʼsiri kuchsizlashadi, ammo markaziy, janubiy va sharqiy hududlar boʻyicha momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻishi ehtimoli saqlanib turadi. Togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin.
20-22-iyunda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududi boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Kunduzi havo harorati asta-sekin koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib 34-39 darajani tashkil etadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q