Shavkat Mirziyoyev: Bizga hech kim chetdan turib aql oʻrgata olmaydi

Saqlash
01:47 / 21.06.2022 952 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyada oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida, “oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi”, jamiyatning tabiiy va tayanch boʻgʻini, jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qoʻyishni taklif etdi.

 

“Biz oilani oʻz qadriyatlarimiz asosida himoya qilamiz. Bizga hech kim chetdan turib aql oʻrgata olmaydi. Oʻzbekiston — mustaqil davlat! Bizning oila boʻyicha oʻz anʼanaviy qadriyatlarimiz bor. Hech kim bizni oila masalasi boʻyicha «oʻqituvchi-oʻquvchi” boʻlib oʻqita olmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishi, koʻp bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar yaratib berishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 247
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//