Xalqaro imtihonlarda yuqori natijaga erishgan yoshlar uchun 10 mlrd soʻm sarflandi

Saqlash
20:13 / 20.06.2022 790 0

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarga 2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev oʻz sahifasida xabar qilgan.

 

Taʼkidlanishicha, bugunga qadar mazkur tizim orqali 5 441 nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 10 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda. Xususan, yoshlarning xalqaro imtihon tizimlaridagi xarajatlari qoplab berilishi boʻyicha TOP 3 talikdagi hududlar:

 

– Toshkent shahri — 2 724 nafar (4 987 367 663 soʻm);

– Buxoro viloyati — 384 nafar (713 213 704 soʻm);

– Fargʻona viloyati — 359 nafarni (652 325 894 soʻm) tashkil etmoqda.

 

Shuningndek, imtihon tizimlari kesimida IELTS — 4869 nafar, SAT — 383 nafar, TOEFL iBT — 18 nafar, GRE— 7 nafar, GMAT — 23 nafar, TOPIK I-II — 15 nafar, CAE, CPE, BEC — 4 nafar, Goethe-Zertifikat — 2 nafar, Test DAF — 5 nafar, DELF/DALF — 1 nafar, JLPT — 8 nafar, TORFL/TRKI — 101 nafar, HSK — 5 nafarni tashkil etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//