Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda 3 va 8 yoshli bolajonlar qasddan oʻldirilgan va oʻzi yashayotgan xonadonga koʻmib yuborilgani, ota-onasi bolalarni oʻgʻirlab ketilgan deb qidiruvga bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura holat boʻyicha rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Andijon shahar Zafar koʻchasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.Oʻ. va R.Oʻ ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
«Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan oʻtkazilmoqda.
Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
110926
Jamiyat
94486
Jamiyat
90415
Jamiyat
74401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q