Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekistonda ta’lim olayotgan afg‘onistonlik yoshlar ishtirokida “Do‘stlik va birdamlik – ulug‘ qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ullari, olimlar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘qituvchi va talabalari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, shuningdek, san’at vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda yurtimizda turli millat vakillarining tinch va totuv istiqomat qilayotganligi, yagona Vatan tushunchasining qalblarda hukmron ekanligi mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyotining muhim garovi bo‘lib xizmat qilishi, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida bu boradagi xayrli ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish bilan bog‘liq muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilganligi xususida ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, yurtimizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘qituvchi va talabalari do‘stlik va birdamlik tushunchasi, mamlakatimizda xorijdan kelib tahsil olayotgan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Afg‘onistonlik talabalar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri aktyorlarining sahna ko‘rinishlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlarining musiqiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.
“Do‘stlik va birdamlik – ulug‘ qadriyat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etgan afg‘onistonlik talabalar, shuningdek faol qatnashgan yoshlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q