Izboskan hokimi yordamchisi ish vaqtida yotib, TikTokʻda video tomosha qildi

Saqlash
02:49 / 18.06.2022 1382 0

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi yordamchisi 6-iyun kuni ish vaqtida kresloda yotib, TikTokʻda video tomosha qilayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

 

Tuman hokimligi matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:


«Avvalo, mazkur video material joriy yilning 6-iyun kuni Yoʻldoshev Muhammadyusuf tomonidan tasvirga olingan. Videolavhada hokim yordamchisi Umirzaqov Xojimurod hokimiyat ichki tartib-qoidalariga zid tarzda etika va estetika qoidalariga amal qilmay, hujjatlarning sochilgan holatlariga ham qaramay oʻtirgan jarayoni koʻrsatilgan. Mana shu holat esa tasvirga yozib olingan. Shu oʻrinda oddiy haqiqatni ham aytish lozimki, yerda sochilgan turli hujjatlar tasvirga oluvchi tomonidan tushirilgan (Tasvirchining bu holatni oʻz boʻyniga olgan audio yozuvlari mavjud).

 

Videotasvir esa 15-iyun kuni turli tarmoqlarda aylanishni boshlagan.


Mazkur holat boʻyicha bugun, tuman hokimi S.Ismoilov hokimiyat tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha xodimlar: oʻrinbosarlar, boʻlim boshliqlari, shoʻba mudirlari, mutaxassislar hamda texnik xodimlar uchun yigʻilish oʻtkazdi. Mazkur yigʻilishning maqsadi esa kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan boʻldi. Tuman hokimi mazkur holat barchaga dars boʻlishini, tuman hokimiyati binosi hududida tartib-qoida hamda etika va estetika qoidalariga qatʼiy amal qilish, kuchli intizomni shakllantirish, tuman hokimiyati binosiga keluvchi barcha fuqarolar bilan sogʻlom muomala madaniyatini kuchaytirish kerakligi boʻyicha koʻrsatma- topshiriqlarini berdi.


Yigʻilish yakunida, bunday holatni takrorlamasligi uchun barchani qatʼiy ogohlantirdi va yakuniy qaror eʼlon qilindi. Unga koʻra hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xojimurod Umirzoqov 16-iyun kunidan egallab turgan lavozimidan ozod etildi», deyiladi munosabatda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//