61 ta dehqon bozorida sanitariya-gigiyenaga amal qilinmayotgani aniqlandi

Saqlash
02:43 / 18.06.2022 749 0

Oʻzbekistonda 61 ta dehqon bozorida sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarga rioya etilmagani aniqlandi. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova maʼlum qildi.


Qayd etilishicha, bozorda sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarga rioya etilmagani ortidan 73 nafar mansabdor va javobgar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, hududiy sudlarga yuborilgan.


Goʻsht, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 158 nafar fuqaroga maʼmuriy bayonnoma tuzilib, oʻrnatilgan tartibda jarimaga tortilgan.


Shuningdek, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati oʻtgan, organoleptik koʻrsatkichlari boʻyicha normalarga javob bermaydigan 440198,5 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari savdosi taqiqlanib, oʻrnatilgan tartibda brakovka qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//