Jamiyat
2022-yil 8-iyun kuni soat taxminan 12:00 larda, Urgut tumani “Raxmatobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining chap qirg‘oq kanaliga shu mahallada yashovchi 16 yoshli F.M. o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketib, cho‘kib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida mahallaning 65 nafar fuqarolari, tuman IIB xodimlari hamda tuman FVB mutaxassislar ishtirokida voyaga yetmagan F.M. suvga tushib cho‘kib ketgan joylar ko‘zdan kechirilgan.
Oradan 8 kun o'tib, 16-iyun kuni bolaning murdasi “Yangi Darg‘om” kanalining o‘ng tomon qirg‘og‘idan tan jarohatlarisiz topilgan.
O‘lim sababini aniqlash uchun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, biroq marhumning ota-onasi va yaqin qarindoshlari holat yuzasidan biron bir kishiga da’vo va e’tirozlari yo‘qligini va ekspertizadan o‘tkazishga norozi ekanligini bildirishgan.
Voyaga yetmagan F.M. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib cho‘kib vafot etishi holatida biror-bir shaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi bo‘lmagan. Shu sababli, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q