Oʻzbekistonda covid statistikasi keskin koʻtarila boshladi

Saqlash
01:46 / 18.06.2022 748 0

16-iyun, payshanba kuni Oʻzbekistonda 59 kishining kovidga topshirgan PRZ-test tahlili musbat natijani koʻrsatdi, deb xabar berdi SSV. Bu soʻnggi kunlardagi eng yuqori koʻrsatkichdir.

 

Kasalliklar sonining ortishi keyingi uchinchi kun davomida kuzatilmoqda: 15-iyunda 57 ta holat aniqlangan, 14-iyunda esa — 39 ta.

 

Eng koʻp yangi kasallanish holatlari 16-iyun kuni Toshkentda aniqlangan — 45 ta (bir kun avval — 44). Boshqa hududlarda bu koʻrsatkichlar 1−4 ta holatni tashkil etmoqda.

 

Koronavirus infeksiyasi oqibatida roʻyxatga olingan rasmiy oʻlimlarning umumiy soni 1637 nafarni tashkil etadi.

 

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 239,4 mingtani tashkil etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//