Oʻzbekistonga xorijdan keltiriladigan uskuna va adabiyotlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi

Saqlash
21:10 / 17.06.2022 877 0

Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida aholini kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor ulushini koʻpaytirish lozimligini taʼkidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, hozirda qonuniy asoslar boʻlsa-da, bironta xususiy kollej yoki texnikum mavjud emas. Xorijiy kompaniyalar ham oʻzbekistonlik yoshlarni kasbga oʻqitib, bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab tashabbuslarni bildirmoqda.

 

Bu boradagi ishlarni faollashtirish maqsadida xususiy kollej va texnikumlar tashkil etish uchun qator imtiyozlar beriladi:

 

– litsenziya olish uchun talablar qayta koʻrib chiqilib, zarur mablagʻning minimal miqdori 2 baravarga kamaytiriladi;

– boʻsh binolar uzoq muddatga ijaraga beriladi;

– xorijdan keltiriladigan adabiyotlar va uskunalar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;

– xalqaro malaka sertifikatini olgan har bir bitiruvchi uchun 1 million soʻmdan toʻlab beriladi;

– ehtiyojmand yoshlar toʻlov-kontrakti mablagʻining 30 foizi qoplab beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//