Jamiyat
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoʻshrabot tumani boʻlimlari tomonidan 2022-yil 9-iyun kuni tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Samarqand davlat universiteti oʻqituvchisi S.M. fuqaro N.ni 4 000 AQSH dollari evaziga ushbu universitet qoshidagi “Oʻzbekiston-Finlyandiya” pedagogika institutiga “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishga kelishib, shundan 2 000 AQSH dollarini joriy yil 7-iyun kuni qoʻlga kiritib, qolgan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbir davomida S.M. oʻz aybiga iqror boʻlib, N.dan olgan 2 000 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.M. va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi N.R. fuqaro D.ni tanishlari yordamida ushbu universitetga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan boshqarma ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Boʻston tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori A.A. oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro O. ni oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan texnikumga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q