Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qarashli “Do‘rmon” ijod uyi bo‘yicha norozilik murojaati tarqalmoqda. Aytilishicha, ijod uyidan sportchi va boshqa jamoalar mehmonxona sifatida foydalanishmoqda, bog‘da ijodkorlar uchun ekilgan mevalar chet elga eksport qilinmoqda. Shunga qaramay, yozuvchi-shoirlar uchun imtiyozli narxlar deyarli ikki barobarga ko‘tarilgan. Shuningdek, yaqin oylarda hududda futbol stadioni qurilib, “Lokomativ” futbol jamoasiga ijaraga berilishi aytilmoqda.
Mehmonxonada ijodkorlar uchun imtiyozli xonalarning eng arzoni 30 mingdan birato‘la 58 mingga oshirilgani (lyuks xonalarni aytmasa ham bo‘ladi), ijod uyi hududidagi kottejlarning ijara puli 920 mingdan 1 mln 840 mingga ko‘tarilgani va shartnomasi bir yildan oshganlar esa 3 mln 680 ming so‘mdan (kommunal to‘lovlardan tashqari) to‘lash majburiyati qo‘yilgani ijodkorlarning izzat nafsiga tegmoqda.
“Xo‘sh, narxlar nima sababdan birdaniga bunchalik ko‘tarilib ketdi? Birinchidan, mehmonxonaga har oy yuzlab mehmonlar kelmoqda va ular mo‘maygina pul to‘layapti, endi ijodkorlardan tushadigan tushum rahbariyatni qoniqtirmay qo‘ydi. Ikkinchidan, bu yerni ijodkorlar kelib dam olib ijod qiladigan maskan emas, balki uyushma hisobini to‘ldiradigan fabrikaga aylantirish maqsadlashtirilgan. Ya’ni, bu yerga asta-sekin faqat puli borlar kela boshlaydi, puli yo‘qlar esa ko‘chada qolib o‘lib ketishsa ham, uyushma rahbariyatiga farqi yo‘q. Uchinchidan, ijod uyi hududidagi hamma narsa, hatto ijodkorlar uchun qurilgan basseynlar ham pulli bo‘ldi”, deyiladi murojaatda.
Insayderlarning ma’lum qilishicha, “Do‘rmon” ijod uyini saqlash xarajatlariga 2022 yil uchun 2 mlrd 300 mln ajratilishi ko‘zda tutilgan. Murojaat yuzasidan Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda tez orada rasmiy munosabat bildirilishi aytildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q