Ma’naviyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlar har tomonlama rag‘batlantiriladi

Saqlash
21:34 / 16.06.2022 1257 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti huzuridagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yilning 26-martdagi PQ-5040-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 3-iyun kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etilgan edi. Ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar salmog‘ini yanada oshirish, olib borilayotgan ilmiy o‘rganishlar miqyosini kengaytirish, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida  Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengash tashkil etildi.

 

 

Ilk yig‘ilishda ilmiy kengashning 15 kishidan iborat tarkibi tasdiqlandi. Kengashga “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi”, “Ma’naviy tarbiya”, “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosliklari bo‘yicha dissertasiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi. Yig‘ilishda ilmiy ishlarini himoya qilish maqsadida murojat qilgan to‘rt nafar tadqiqotchining dissertasiyalari Oliy attestasiya komissiyasi qo‘ygan joriy talablarga muvofiq ekani inobatga olinib, Kengashga qabul qilindi.

 

Eshov Xurshid Xurramovichning “Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish”, Ravshanov Alisher Saydullayevichning “O‘zbekistonning zamonaviy irrigator kadrlar tayyorlash siyosatining ma’naviy-ma’rifiy tizimini takomillashtirish” mavzusidagi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish bo‘yicha dissertasiyalari tanishtirildi. Shuningdek, Tursunmuratov Muxiddin Abdishukirovichning “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashning falsafiy-huquqiy asoslari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish bo‘yicha tayyorlagan dissertasiyasi, Musayev Mansur Tursunpo‘latovichning “Globallashuv sharoitida missionerlikka qarshi kurashning ijtimoiy - siyosiy texnologiyalari (milliy va xorijiy tajriba)” mavzusidagi siyosiy fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini himoya qilish bo‘yicha yozgan ilmiy ishlari kengashga qabul qilinib, endilikda kengash tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//