Siyosat
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Abdulaziz Komilovga yana bitta vazifa yuklandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlangan. Komilov Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida ham oʻz ishini davom ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, 27-aprel kuni Oʻzbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga, tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Vladimir Norov esa TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111471
Jamiyat
94613
Jamiyat
90581
Jamiyat
74963
Jamiyat
//
Izoh yo‘q