Yangi oʻquv yilidan magistraturaga qabul yilda ikki marta oʻtkaziladi

Saqlash
21:15 / 16.06.2022 744 0

Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, davlat OTMlarining magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:

 

- avgust oyidagi qabul – navbatdagi oʻquv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarning kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

 

- yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga koʻra toʻlmagan oʻrinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Joriy yildan boshlab davlat OTMlari magistraturasiga qabulda mutaxassislik fanidan imtihon boʻlmaydi.

 

Faqat abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

 

Boshqa qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//