Toʻyda kelinni urgan kuyovning kimligi maʼlum boʻldi

Saqlash
05:18 / 16.06.2022 1043 0

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi toʻylardan birida kelin-kuyov oʻrtasida oʻyin oʻtkazilgani va yutqazgan kuyov kelinning boshiga urgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, kuyovning kimligi maʼlum boʻlgan, unga nisbatan ish ochilgan. 

 

Qayd etilishicha, 2022-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida boʻlib oʻtgan nikoh toʻyi marosimida kelin va kuyovga oʻralgan holda shirinlik berilib, uni kim birinchi boʻlib ochish (“Syurpriz” oʻyini) oʻyini oʻtkazilgan.

 

Oʻyin davomida kelin birinchi boʻlib shirinlikni ochganligi sababli bu holatdan kuyovni jahli chiqib kelinni bir marotaba urgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X.R. (kuyov) ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqishlik uchun sudga yuborildi.

 

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining maʼlum qilishicha, shundan soʻng toʻy davom etib, hech qanday koʻngilsiz holat sodir boʻlmagan va hech qayerga murojaat tushmagan.

 

Ushbu holat mazkur mahallada yashovchi mahalladoshlari tomonidan videotasvirga olingan (aniqlashning imkoni boʻlmagan) shaxs tomonidan internetga joylashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//