Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmiga toʻxtalib oʻtildi.
“Umuman, texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yoʻli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi kerak”, dedi davlat rahbari.
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.
Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli taʼlim kreditini yangi oʻquv yilidan texnikum va kollej oʻquvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.
Shuningdek, kollej va texnikumlarda oʻqish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun subsidiyalar koʻpaytiriladi.
Oliy taʼlim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini oʻrganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi. Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga oʻtkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q