Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishida Prezident Shirin shahri energetika kollejidagi tajribaga toʻxtaldi. Kollejda Saudiya Arabistonining “ACWA power” kompaniyasi buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Kompaniya 2,8 mln dollarga zamonaviy ustaxona, laboratoriya va yotoqxona barpo qilgan.
Hozirgi kunda kompaniya buyurtmasi asosida 140 nafar yoshlarni muqobil energiya stansiyasi texnigi, operatori va dispetcheri kabi kasblarga tayyorlash boshlangan.
Viloyat hokimlariga Oliy taʼlim vazirligi va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda shu tajriba asosida har bir tuman, shahar kesimida:
- yirik ish beruvchilar va xorijiy korxonalar bilan muzokara olib borib, texnikumlarni yirik sanoat korxonalari va klasterlarga biriktirish;
- har bir viloyatda kamida 2 tadan texnikumda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish topshirildi.
Ayrim texnikumlarga bir yilda 2-marta qabul tashkil etish amaliyotini boshlash vazifasi qoʻyildi.
Bandlik vazirligiga oʻtayotgan 70 ta muassasa negizida monomarkazlar, shundan 25 tasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish shartligi qayd etildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95120
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q