Iqtisod
15-iyunda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ertalabki savdo sessiyasida oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra shakarning narxi avvalgi kunga nisbatan yana 123,8 soʻmga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 million 631,1 ming soʻmni tashkil qildi.
Ushbu savdolarda shakar boʻyicha shakllangan minimal narx mahsulotning bir tonnasi uchun 9 700 ming soʻm atrofida qayd etilgan.
10—15-iyun savdo kunlarida shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun jami 14 million 554,5 ming soʻmdan 10 million 631,1 ming soʻmgacha, yaʼni 27 foizga pasaygan.
Taʼkidlanishicha, 15-iyunda birjaning kechki savdo sessiyasida sotuvchi korxonalar tomonidan 1 000 tonna qoʻshimcha shakar hajmi birja savdolariga qoʻyilishi kutilmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q