45ta kollej oʻrnida monomarkazlar tashkil etiladi

Saqlash
01:08 / 16.06.2022 900 0

Avvalroq, kasb-hunar taʼlimi boʻyicha yangi tizim joriy qilinishi haqida xabar bergan edik.

 

Yangi tizimga koʻra, 45 ta kollej Bandlik vazirligi tizimiga oʻtkazilib, ularning oʻrnida monomarkazlar tashkil etiladi.

 

Oliy taʼlim vazirligi barcha kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish va metodik taʼminlashga masʼul boʻladi.

 

Vazirlikda alohida vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilib, departament tashkil qilindi. Bu lavozimga yetarli tajribaga ega boʻlgan, Buxoro shahar monomarkaz rahbari Sadoqat Siddiqova tayinlandi.

 

«Bugungi kunda oliy taʼlim tizimidagi katta islohotlar oʻz natijasini berishni boshladi. Joriy yilda 36 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.

 

Endi professional taʼlim tizimini tubdan isloh qilish – oliy taʼlim vaziri, uning oʻrinbosarlari, rektorlarning eng ustuvor vazifasi boʻlishi kerak. Bu juda muhim vazifa, tizimli ish tashkil etilmasa, odamlar rozi boʻlmaydi», dedi Prezident.

 

Buning uchun Professional taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilib, unga 50 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

 

Viloyat, tuman va shaharlarda Kasb-hunar taʼlimi kengashlari tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//