Siyosat
14-iyun kuni prezident “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan ustav kapitalida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tadbirkorlik subyektlarida va davlat unitar korxonalarida ochiqlikni taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etiladi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasi quyidagi 8 ta indikator asosida baholab boriladi:
Farmonga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni boʻyicha Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi shakllantiriladi va “eanticor.uz” elektron platformasi va OAV orqali ochiq eʼlon qilib boriladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik darajasi “0” balldan “100” ballgacha reytingda baholanib, quyidagi toifalarga ajratiladi:
Ochiqlik darajasi eng yuqori deb topilgan davlat organi yoki tashkilotining sohaga masʼul xodimlarini ragʻbatlantirish, aksincha, salbiy boʻlganlarini qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi hal etiladi.
Agentlikka davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida quyidagi qoʻshimcha huquqlar berildi:
Hujjatda belgilanishicha, 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat byudjeti hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q