
Madaniyat
Respublikamiz bo‘ylab viloyatlarning turli tumanlarida prezidentimiz qaroriga ko‘ra, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari foydalanishga topshirilmoqda. Kecha, 14-iyun kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida ham ana shunday maskanning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri A.Yorqulov, tuman hokimi o‘rinbosari E.Kenjayev, 2-sektor rahbari, tuman prokurori X.Erkinov, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov, tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yozuvchi-shoirlar ishtirokida ijodiy uchrashuv va she’riy mushoira tashkil etildi. Shuningdek, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari tomonidan hamkor tashkilotlarga hamda o‘quvchi yoshlarga kitoblar taqdim etildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q