Jamiyat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalariga 2022/2023-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari oflayn shaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda idora axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, hujjatlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarida 2022-yil 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi. Talab qilinadigan hujjatlar:
– taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
– maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
– 3,5x4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi kerak);
– chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til boʻyicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
Oliy diniy taʼlim muassasalarida, jumladan, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi boʻyicha 2022-yil 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha), Hadis ilmi maktabida 2022-yil 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi. Talab qilinadigan hujjatlar:
– taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
– oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
– 3,5x4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
– “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar uchun).
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q