 
                   
                    Iqtisod
Xalq taʼlimi vazirligiga oʻqituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat taʼtili toʻlovi kechikayotganligi va kamaytirib toʻlash holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu haqda vazirlikning axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qildi.
2022-yilda pedagog xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat taʼtili berilib, bir yil davomida toʻliq ishlagan oʻqituvchilarga 48 kun hisobidan toʻliq mehnat taʼtili pullari toʻlab beriladi.
Ishga kirganiga bir yil boʻlmagan oʻqituvchilarga esa mehnat taʼtili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda toʻlanadi (Bunda mehnat taʼtili davri 48 kundan iborat boʻladi).
Shuningdek, bugungi kunda “UzASBO” dasturiy majmuasida mehnat taʼtili toʻlovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tezkor ravishda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklandi.
Taʼkidlanishicha, 15-iyundan boshlab maktab xodimlariga mehnat taʼtili toʻlovlari toʻlab boriladi.
Xabarda mehnat taʼtili toʻlovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 Ishonch telefonlariga murojaat qilishlari soʻralgan.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89832
             89832
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q