Siyosat
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Andijon shahar hokimi etib Abdurahmonov Gofurjon Gulamjanovich tayinlandi.
Gʻ. Abdurahmonov 1976-yilda Andijon shahrida tugʻilgan, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – iqtisodchi. U 1994-1997-yillarda Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasida turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1997-yildan 2009-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Andijon viloyati boʻlimida ishlagan.
2009-2011 va 2012-2013-yillarda Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi, 2013-2021-yillarda esa ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisi oʻrinbosari boʻlgan. 2021-yildan hozirga qadar “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisi maslahatchisi edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q