Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Uzbekistan Airways“ va “Oʻzbekneftgaz” kompaniyalari tomonidan yutuqli oʻyinlar oʻtkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. Bu xabarlar feyk deya maʼlum qilmoqda “Uzbekistan Airways".
Tarqalgan xabarda firibgarlik bilan shugʻullanuvchi veb-saytlar havolasi keltirilgan va “Uzbekistan Airways” Safe Takeoff kompaniyasining 30 yilligini nishonlash maqsadida tanlov oʻtkazilayotgani hamda uning doirasida 3 000 000 soʻm pul mablagʻi va sovgʻalar oʻynalishi maʼlum qilingan.
“Uzbekistan Airways” yoʻlovchilardan plastik karta maʼlumotlari notanish saytlarga va havolalarga kiritmaslikni va bunday firibgarlardan ehtiyot boʻlishni soʻragan.
“Eslatib oʻtamiz, ”Uzbekistan Airways“ tanlovlarni faqat ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida oʻtkazadi”, deyiladi “Uzbekistan Airways" xabarida.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q