Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi «Yertikon» suv ombori tashqi toʻgʻoni ostidan suv sizib chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB holat yuzasidan birlamchi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 14-iyun kuni soat 10:35 da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisidan olingan ogʻzaki maʼlumotga koʻra, Kosonsoy tumani, Ququnboy qishlogʻida joylashgan «Yertikon» suv omboridan suv sizib chiqishi (filtratsiya) kuzatilgan.
Yuqoridagi holatni bartaraf etish maqsadida suv omborida Namangan viloyati FVB hamda tegishli tashkilot masʼul xodimlari bilan birgalikda oʻrganib chiqildi. «Yertikon» suv omborining 2 ta yerli joylaridan (5 va 10 litr sekundiga) suv sizib chiqishi 13-iyun kuni 19:00 lardan boshlangani, damba (temir beton)ning oʻzi mustahkamligi, aholiga va toʻgʻonga xavf yoʻqligi aniqlangan.
Suv sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida “Kosonsoy” suv omboridan suvni chiqarish toʻxtatilgan, «Yertikon» suv omboridan suvni chiqarish Kalbuva va Musa ariq kanallari (avariyaviy tashlama) orqali 4 metr sekundgacha oshirilgan (suv omboridan suvni shu hajmda chiqarilishi natijasida 2 sutka mobaynida davom ettirilishi evaziga sizib chiqayotgan suv — filtratsiya joylari bartaraf etildi).
Qayd etilishicha, hozirda ushbu suv omborida vaziyatni kuzatib borish va ishlarni nazorat qilish maqsadida tegishli mutaxassislaridan iborat tunu kun kuzatuv posti tashkil etildi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111692
Jamiyat
94649
Jamiyat
90639
Jamiyat
75187
Jamiyat
//
Izoh yo‘q