Iqtisod
“Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
2025-yil 1-yanvargacha olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni
va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
Jamgʻarma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beriladi.
Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamgʻarmaga takroran murojaat qilishga haqli boʻladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q